FOUNDit

Tayyor mahsulotlar — ertaga ishga tushadi

Noldan qurish shart emas. O'zimiz ishlab chiqqan va o'zimiz foydalanayotgan tizimlarni biznesingizga moslab beramiz.

hb.foundit.uz

FOUND it ERP

Beton zavodlari uchun to'liq ERP

Kassa, sotuv, ishlab chiqarish, laboratoriya, logistika, ombor va kadrlar — hammasi bitta tizimda, har bir operatsiya ikki yozuvli buxgalteriyaga o'zi yoziladi.

  • Har bir operatsiya ikki yozuvli buxgalteriyaga avtomatik yoziladi — foyda real vaqtda
  • 9 bo'lim: buxgalteriya, kassa, sotuv, ishlab chiqarish, laboratoriya, logistika, ta'minot, kadrlar, statistika
  • Retsept bo'yicha tan narx, mikser parki va laboratoriya nazorati — beton zavodiga moslab
  • Ko'p filial va ko'p kompaniya — har biri alohida hisob va balans bilan
Batafsil ko'rish4 900 000 so'm/oydan boshlab
FOUND it ERP
crm.foundit.uz

FOUND it CRM

Sotuv bo'limi uchun CRM + AI qo'ng'iroq nazorati

Kanban voronka, vazifalar, telefoniya va har bir qo'ng'iroqni o'zbek tilida tahlil qiladigan AI — bitta tizimda.

  • Har bir qo'ng'iroq o'zbek yoki rus tilida matnga aylanadi va 100 ballik shkalada baholanadi
  • Mavjud ATS (Asterisk, Issabel, FreePBX) ga ulanadi — raqamni almashtirish shart emas
  • Sotuvchi faqat o'z mijozlarini ko'radi — cheklov server darajasida
  • O'z serveringizda ishlaydi, ma'lumot chetga chiqmaydi
Batafsil ko'rish890 000 so'm/oydan boshlab
FOUND it CRM
lab.foundit.uz

FOUND it Lab

Beton zavodi laboratoriyasi uchun GOST sifat nazorati

Qum, sheben, sement va beton kublari — barcha sinovlar GOST bo'yicha avtomatik baholanadi va bugungi tortish massasi hisoblab beriladi.

  • Elak, sement, sheben va beton sinovlari — GOST xulosasi avtomatik chiqadi
  • Bugungi namlikka ko'ra tortish massasi va suv korreksiyasi hisoblanadi
  • Material me'yordan chetga chiqsa, boshqaruv panelida ogohlantiradi
  • O'zbekcha (lotin va kirill) hamda rus tilida
Batafsil ko'rish2 400 000 so'm/oydan boshlab
FOUND it Lab
iOS ilova · App Store

Hisobim

Prorablar uchun qurilish moliyasi — iOS ilova

Har bir obyekt bo'yicha foyda: shartnoma minus haqiqiy xarajat — hali to'lanmagan ish haqi bilan birga. Davomat, material va cheklar cho'ntagingizda.

  • Foyda — shartnoma minus obyektning haqiqiy xarajati, to'lanmagan ish haqi ham hisobda
  • Kunbay, akkord va oylik — uchala to'lov turi bitta joyda, davomat bilan
  • Signal yo'q joyda ham yozadi: ulanish paydo bo'lishi bilan o'zi yuboriladi
  • Obyekt bo'yicha sarhisob — to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga
Hisobim

Kerakli mahsulot ro'yxatda yo'qmi?

CRM, ERP, Telegram bot yoki mobil ilova — biznesingizga moslab noldan quramiz.

Loyihani muhokama qilish