FOUNDit
Ishlab turibdi: lab.foundit.uz

Qog'oz jurnal xatoni ko'rsatmaydi. Bu tizim ko'rsatadi.

Laborant natijalarni kiritadi — tizim GOST talablari bo'yicha xulosani o'zi chiqaradi: qum sinfi va Мкр, shebenning changi va lappakligi, sementning haqiqiy markasi, beton kubining MPa va sinfi. Eng muhimi: bugungi namlikka qarab metpesok tortishi va suvni qancha o'zgartirish kerakligini aniq aytadi.

Narxlar
lab.foundit.uz
Korreksiya

Imkoniyatlar

Zavod laboratoriyasining butun ish kuni

Elak tahlili

Qum va metpesok: namlik, elak qoldiqlari, Мкр, yiriklik guruhi va sinf — GOST 8736 bo'yicha xulosa.

Sement sinovi

Normal quyuqlik, tutashish muddati, 0.08 mm qoldiq, 3/7/28 kunlik siqilish va egilish. Haqiqiy marka o'zi aniqlanadi.

Beton kublari

7 va 28 kunlik press natijalari kN da kiritiladi — MPa, sinf va mos/mos emas xulosasi o'zi chiqadi.

Sheben sinovi

Fraksiya, jins turi, changi, loy bo'laklari, zaif donalar va lappaklik guruhi — GOST 8267 me'yorlari bilan taqqoslanadi.

Standart retseptlar

1 m³ uchun tasdiqlangan tarkiblar: sement, qum, metpesok, sheben, suv, qo'shimcha.

Retsept korreksiyasi

Oxirgi elak tahlilini olib, bugungi tortish massalarini va suvni qayta hisoblaydi. Hisob izohi bilan — qanday chiqqani ko'rinadi.

Chetlanish ogohlantirishi

Namlik yoki >5 mm ulushi retsept me'yoridan oshsa, boshqaruv paneli darhol ogohlantiradi.

Avtomatik GOST xulosasi

Har bir sinov uchun me'yorga moslik, sinf va sabablari bilan ogohlantirishlar ro'yxati.

Uch til

O'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill va rus tili. Standart atamalar (Мкр, П1–П5, ПЦ400-Д20) asl holida.

Rollar

Administrator va laborant. Foydalanuvchilarni faqat administrator boshqaradi.

Yagona jurnal

Barcha sinovlar bitta bazada — qidiruv, filtr va sahifalash bilan. Daftar yo'qolmaydi.

O'z serveringizda

Zavod ichidagi serverda ishlaydi. Ma'lumot tashqariga chiqmaydi.

Korreksiya

Bugun qancha metpesok va suv solish kerak?

Retsept quruq materialga yozilgan, ombordagi qum esa ho'l. Farqni ko'z bilan chamalash — betonning sinfini yo'qotish demak. Tizim buni hisoblab beradi.

  • Oxirgi elak tahlilidagi haqiqiy namlik olinadi (masalan 5.4%, retseptda 3%)
  • Quruq metpesok massasi hisoblanadi, keyin bugungi namlikka moslab yangi tortish chiqariladi
  • Metpesok bilan qo'shimcha kiradigan suv aniqlanadi va umumiy suvdan ayiriladi
  • Har bir raqam «Hisob izohi» blokida ochiq ko'rsatiladi — qanday chiqqani tekshiriladi
  • >5 mm ortiqcha ulush aniqlansa, qum va sheben nisbatini qayta muvozanatlash taklif etiladi
  • Natijani chop etib, batcher operatoriga berish mumkin
lab.foundit.uz
Korreksiya va hisob izohi
lab.foundit.uz
Chetlanish ogohlantirishi

Ichkaridan

Har bir ekran — ish uchun

lab.foundit.uz
Korreksiya

Narxlar

Ochiq narxlar, yashirin to'lovlarsiz

Zavod darajasidagi tizim: barcha GOST hisob-kitoblari va o'rnatish narxga kiradi. Ma'lumot ko'chirish va laborantlarni o'qitish — Zavod tarifidan boshlab.

Laboratoriya

Bitta laboratoriya, 5 tagacha xodim

2 400 000so'm/oy

  • 1 laboratoriya, 5 tagacha foydalanuvchi
  • Elak, sement, sheben va beton sinovlari
  • Avtomatik GOST xulosalari
  • Standart retseptlar
  • Retsept korreksiyasi kalkulyatori
  • Chetlanish ogohlantirishlari
  • Uch til: o'zbekcha (lotin/kirill) va rus
  • Telegram orqali qo'llab-quvvatlash
Ommabop

Zavod

To'liq ishlab chiqarish laboratoriyasi

4 800 000so'm/oy

  • Cheksiz foydalanuvchi
  • Laboratoriya tarifidagi hamma narsa
  • O'z serveringizda o'rnatish
  • Qog'oz jurnaldan ma'lumotlarni ko'chirish
  • Retsept va me'yorlarni sizning zavodingizga sozlash
  • Xodimlarni o'qitish
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash

Korxona

Bir nechta zavod yoki filial

9 600 000so'm/oy

  • Bir nechta zavod (har biri alohida o'rnatma)
  • Zavod tarifidagi hamma narsa
  • Yangi sinov turlari va hisobotlarni ishlab chiqish
  • Mavjud ERP yoki 1C bilan integratsiya (buyurtma asosida)
  • SLA va 24/7 qo'llab-quvvatlash
  • Doimiy texnik hamrohlik

Narxlar QQSsiz ko'rsatilgan. Yillik to'lovda 2 oy bepul. Narx bitta zavod uchun — har bir qo'shimcha zavod alohida o'rnatma hisoblanadi.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

FOUND it Labni o'z ishingizda ko'ring

Zavodingizga kelamiz yoki onlayn ko'rsatamiz. Xohlasangiz, o'z retseptingiz va oxirgi elak tahlilingizni kiritib, korreksiyani jonli hisoblab beramiz.

Barcha mahsulotlar