FOUNDit
Ishlab turibdi: hb.foundit.uz

Zavodingizning har bir amali — bitta tizimda, avtomatik buxgalteriya bilan

Tayyor beton ishlab chiqaruvchisi uchun to'liq ERP. Buyurtmadan mikser yetkazishigacha, xomashyodan foyda-ziyongacha — har bir amal bir tizimda qayd etiladi va avtomatik buxgalteriya provodkasini hosil qiladi. Beton zavodida ishlab turibdi.

Narxlar
hb.foundit.uz
Boshqaruv paneli

Imkoniyatlar

Zavodni boshdan oxirigacha qamraydi

Ikki yozuvli buxgalteriya

Sotuv, xarid, kassa, ish haqi — har bir amal hisoblar rejasiga avtomatik provodka bo'ladi. Balans, foyda-ziyon va bosh daftar real vaqtda.

Kassa va bank

Har filial uchun naqd va bank kassasi. Kunlik ochish-yopish, qoldiq nazorati, kirim-chiqim tarixi.

Sotuv va buyurtmalar

Mijoz buyurtmasidan yetkazishgacha. Mijoz qarzi, oldindan to'lov, kredit to'lovlar va prorablar hisobi.

Ishlab chiqarish

Operator buyurtmalari va zameslar, retsept bo'yicha xomashyo sarfi va avtomatik tan narx (COGS).

Laboratoriya

Beton retseptlari (B7.5–B45 marka), namlik tekshiruvi, kimyoviy aralashmalar va QR orqali sertifikat.

Logistika va mikserlar

Mikser parki, haydovchilar, yoqilg'i va ish varaqasi. Mikser mulkdorlari bilan kira hisob-kitobi.

Ta'minot

Hamkorlardan xarid, KPP qabul, namlik bo'yicha korreksiya, hamkor qarzi va yetkazib beruvchi to'lovlari.

Ombor va zaxira

Xomashyo, kimyo va ichki ta'minot zaxirasi. O'rtacha tan narx bilan real vaqtdagi qoldiq.

Kadrlar va ish haqi

Xodimlar bazasi, ish varaqasi, oylik va KPI, avans hamda bo'lim va lavozimlar.

Statistika va hisobotlar

Jonli boshqaruv paneli: foyda, tushum, xarajat, qarzlar, filial ulushi va oylik grafikalar.

Ko'p filial, ko'p kompaniya

Bir nechta zavod va yuridik shaxs bitta tizimda — har biri alohida kassa, ombor va balans bilan.

Rollar va nazorat

Har bo'lim o'z sahifasini ko'radi, xarajat zayavkasi ikki tomonlama tasdiqdan o'tadi, har bir amal jurnalga tushadi.

Avtomatik buxgalteriya

Har bir amal o'zi buxgalteriyaga yoziladi — foyda real vaqtda ko'rinadi

Ko'p zavodlarda operatsiya bir joyda, buxgalteriya boshqa joyda yuritiladi va oy oxirida ikkisi bir-biriga to'g'ri kelmaydi. FOUND it ERP'da har bir operatsiya turi hisoblar rejasidagi hisobga bog'langan: sotuv, xarid, kassa chiqimi yoki ish haqi — hammasi ikki yozuvli provodka hosil qiladi. Shu tufayli foyda-ziyon, balans va bosh daftar doim jonli va o'zaro bog'liq.

  • 67+ operatsiya turi hisoblar rejasiga (1xxx aktiv … 5xxx xarajat) bog'langan
  • Foyda — yetkazilgan beton qiymati minus haqiqiy tan narx, amortizatsiya va ish haqi
  • Mikser mulkdorlariga kira transit sifatida foydadan tashqarida hisoblanadi
  • Har filial va kompaniya uchun alohida foyda-ziyon va balans
hb.foundit.uz
Foyda-ziyon — hisobi bilan
hb.foundit.uz
Hisoblar rejasi

Ichkaridan

Har bir ekran — ish uchun

hb.foundit.uz
Boshqaruv paneli

Narxlar

Ochiq narxlar, yashirin to'lovlarsiz

Bitta zavoddan boshlab — filiallar va modul soniga qarab kengayadi.

Boshlang'ich

Bitta zavod, asosiy modullar

4 900 000so'm/oy

  • 1 zavod / 1 filial
  • Buxgalteriya, kassa, sotuv, ombor
  • Laboratoriya va beton retseptlari
  • 10 tagacha foydalanuvchi
Ommabop

Biznes

O'sayotgan zavod uchun to'liq to'plam

9 900 000so'm/oy

  • 3 tagacha filial
  • Barcha modullar: logistika, kadrlar, ta'minot
  • Jonli statistika va hisobotlar
  • Rollar va tasdiq oqimi
  • Cheksiz foydalanuvchi

Korxona

Ko'p filialli holding va maxsus jarayonlar

Kelishuv asosida

  • Cheksiz filial va kompaniya
  • O'z serveringizda joylashtirish
  • Telegram botlar va integratsiyalar
  • Maxsus modul va hisobotlar
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash

Narxlar QQSsiz. Ko'p filialli va maxsus talablar uchun narx kelishiladi. O'rnatish, ma'lumot ko'chirish va o'qitish alohida.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

FOUND it ERPni o'z ishingizda ko'ring

Zavodingizni bitta tizimga ko'chiramiz: ma'lumot import, filial sozlash va jamoa o'qitish bilan. Demoni jonli ko'rsatamiz.

Barcha mahsulotlar