
Ovoz AI — ovozli xabardan vazifagacha
Yil
2026
Muddat
1 oy
Muammo
O'zbek biznesida topshiriqlar ko'pincha og'zaki yoki ovozli xabarda beriladi — keyin unutiladi, mas'uli noaniq qoladi, ijro nazorati yo'qoladi. Buning ustiga nutq o'zbek-rus aralash bo'ladi, ismlar turlicha yoziladi.
Nima qurdik
Telegram-bot qurdik: ovozli xabarni Gemini/Google Speech o'zbek-rus aralash nutqda transkripsiya qiladi, OpenAI matnni tozalab, undan aniq vazifalarni ajratadi. Fuzzy-matching xodim ismining turli yozilishlarini tanib, mas'ulni topadi. Vazifa inline tugmalar bilan tayinlanadi (qabul / jarayonda / bajarildi), muddati o'tganlar avtomatik nazoratga tushadi, har kuni hisobot keladi.
Natijalar
O'zbek-rus aralash nutqni ishonchli transkripsiya qilish
Ism yozilishlaridagi farqlarni fuzzy-matching bilan yengish
Muddati o'tgan vazifalar avto-nazorati va kunlik hisobotlar
“Men shunchaki ovozli xabar aytaman — tizim vazifani yozib, mas'ulga biriktirib, muddati o'tsa eslatadi. Yig'ilishlardagi «kim nima qilishi kerak edi?» degan savol yo'qoldi.”




