
Beton va plita zavodlari uchun ERP
Yil
2026
Muddat
6 oy
Muammo
Zavod jarayonlari — buyurtmadan mikser yetkazib berishigacha — qog'oz va Excel'da yurar, moliyaviy hisob esa qo'lda yuritilgani uchun xatolar va manipulyatsiyaga ochiq edi. Rahbariyat real vaqtdagi holatni ko'ra olmasdi.
Nima qurdik
Modulli ERP qurdik: ishlab chiqarish, laboratoriya, savdo, logistika, ta'minot va moliya. Yadrosida PostingRules dvijoki — har bir operativ hodisa balanslangan buxgalteriya yozuvini avtomatik hosil qiladi. Atrofida haydovchilar uchun Flutter ilova va 4 ta Telegram bot: sodiqlik, HR-rekruting va rahbariyat uchun AI-tahliliy digest ishlaydi.
Natijalar
Ishlab chiqarishdan moliyagacha 10+ modul bitta tizimda
Soxtalashtirib bo'lmaydigan ikki yozuvli buxgalteriya dvijoki
4 ta Telegram bot va haydovchi ilovasi ERP bilan jonli ishlaydi
“Ilgari zavodda nima bo'layotganini kechki hisobotlardan bilardim. Endi har bir mashina, har bir to'lov tizimda — va hech kim raqamni «to'g'irlab» qo'ya olmaydi. Bu men uchun eng qimmati.”




