FOUNDit
Veb

MedEnc — o'zbekcha tibbiy ensiklopediya

2026

Yil

2026

Muddat

davom etmoqda

Muammo

O'zbek tilida ishonchli tibbiy ma'lumot deyarli yo'q — odamlar rus yoki ingliz manbalariga, yoki tekshirilmagan postlarga tayanadi. Kontent ikki yozuvda (lotin/kirill) qidirilishi va har bir fakt shifokor nazoratidan o'tishi shart edi.

Nima qurdik

MSD Manuals modelida platforma loyihalandi: «kontent — mahsulot, kod — yetkazish vositasi». Django 6 + DRF backend, Next.js veb-frontend, keyinroq xuddi shu frontendni qayta ishlatadigan Telegram mini-ilova. Ikki yozuvli o'zbek qidiruvi, kasallik-maqola shabloni va 7 ta qat'iy tamoyil: faqat shifokor tasdiqlagan, manbali kontent, AI'siz tibbiy tasvirlar.

Natijalar

01

Lotin-kirill aralash so'rovlarni tushunadigan qidiruv

02

Shifokor-tasdiqlash jarayoni: hech bir fakt tekshiruvsiz chiqmaydi

03

Veb + Telegram mini-ilova bitta frontend asosida

Bemorlarga «internetdan o'qimang» deyish o'rniga endi aniq manzil ko'rsata olamiz: har bir maqola shifokor nazoratidan o'tgan, lotinda ham, kirillda ham topiladi.
Shifokor-maslahatchi