
Veb
2026Maison — 3D virtual san'at galereyasi
Yil
2026
Muddat
2 hafta
Muammo
Rassomga asarlarini oddiy galereya-sayt emas, muzey tajribasini beradigan formatda ko'rsatish kerak edi — kompyuterda ham, telefonda ham ravon ishlaydigan, yangi asar qo'shilganda dasturchisiz yangilanadigan qilib.
Nima qurdik
React Three Fiber'da realistik 3D zal qurdik: kompyuterda WASD + pointer-lock, telefonda joystik va sensor boshqaruv. Django backend'dagi admin-panel orqali asar (rasm, nom, tavsif, yil, kategoriya) yuklanadi — avtomatik layout uni devorga joylaydi, zal asarlar soniga qarab kengayadi. Sayt nginx + systemd + SSL bilan mijoz domenida ishlamoqda.
Natijalar
01
Desktop va mobil uchun ravon 3D boshqaruv
02
Admin-panel: asar yuklanadi, zal avtomatik kengayadi
03
Mijoz domenida SSL bilan to'liq production deploy
“Asarlarim endi shunchaki rasm emas — tomoshabin zal bo'ylab yurib, har biriga to'xtab qaraydi. Yangi asar qo'shsam, galereya o'zi kengayadi. Bu men orzu qilgan format.”




