FOUNDit
Veb

FoundIt — frilanserlar uchun escrow marketpleys

2026

Yil

2026

Muddat

1 oy

Muammo

O'zbekistonda frilans bitimlari ishonchga qurilgan: oldindan to'lov qilgan mijoz ham, ishni topshirib pul kutgan frilanser ham himoyasiz. Tomonlar tez-tez platformadan tashqariga chiqib ketadi va nizolar yechimsiz qoladi.

Nima qurdik

NestJS + Prisma'da escrow yadro qurdik: append-only ikki yozuvli ledger, buyurtma holat mashinasi (to'lov → bajarilmoqda → topshirildi → qabul, reviziya va nizo tarmoqlari bilan), 72 soatlik avto-qabul va 5 kunlik kliring. Buyurtma ichidagi chat telefon, karta va @username'larni bloklab, bitimni platformada saqlaydi. Telegram OTP orqali kirish, uch tilli Next.js frontend.

Natijalar

01

Escrow + append-only ikki yozuvli ledger

02

Buyurtma holat mashinasi, 72 soatlik avto-qabul

03

Off-platform bitimlarni bloklaydigan aqlli chat-filtr

Mijoz pulni oldindan escrow'ga qo'yishi hammasini o'zgartiradi: men ishlayman, u xotirjam kutadi. Ish qabul qilinishi bilan pul hisobimda — bahs-munozarasiz.
Frilanser, ilk foydalanuvchilardan