
Veb
2025CamelPharm — veterinariya dorilari marketpleysi
Yil
2025
Muddat
2 oy
Muammo
Chorvador va fermerlar kerakli dori-darmonni topish uchun bozorma-bozor yurishga majbur: assortiment tarqoq, narxlar shaffof emas, kerakli preparat qaysi do'konda borligini bilish qiyin.
Nima qurdik
Veterinariya sohasiga moslangan marketpleys qurdik: kategoriyalangan katalog, preparat bo'yicha qidiruv, savat va buyurtma jarayoni, sotuvchilar uchun mahsulot boshqaruvi va buyurtmalar paneli. Fermer kerakli dorini topadi, narxlarni solishtiradi va yetkazib berishga buyurtma qiladi.
Natijalar
01
Kategoriyalangan katalog va preparat qidiruvi
02
Sotuvchilar uchun mahsulot va buyurtma boshqaruvi
03
Buyurtma va yetkazib berish jarayoni onlaynga o'tkazildi
“Fermerlar endi kerakli preparatni qidirib qo'ng'iroq qilib yurmaydi — katalogdan topib buyurtma beradi. Bizga esa buyurtmalar paneli keldi-ketdini aniq ko'rsatadi.”




