FOUNDit
Beton va plita zavodlari uchun ERPVeb20266 oy

Muammo

Butun zavod qog'oz va Excel'da yashardi.

  • Qo'lda yuritilgan buxgalteriya xatolarga ochiq edi
  • Hisob-kitob manipulyatsiyadan himoyalanmagan edi
  • Rahbariyat real holatni ko'ra olmasdi
Beton va plita zavodlari uchun ERP

Muammo

Beton va plita zavodlari uchun ERP

Zavod jarayonlari — buyurtmadan mikser yetkazib berishigacha — qog'oz va Excel'da yurar, moliyaviy hisob esa qo'lda yuritilgani uchun xatolar va manipulyatsiyaga ochiq edi. Rahbariyat real vaqtdagi holatni ko'ra olmasdi.

Oldin

Keyin

  • Buyurtmalar qog'ozda yurardi10+ modul bitta ERP'da
  • Buxgalteriya qo'lda yozilardiHar bir operatsiya — avtomatik yozuv
  • Haydovchilar tizimdan tashqaridaHaydovchi ilovasi va 4 bot

Yechim

Biz buni qanday soddalashtirdik

  1. 01

    Buyurtmadan moliyagacha butun zavodni bitta ERP'ga ko'chirdik

  2. 02

    Har bir operatsiya buxgalteriya yozuvini o'zi yaratadi

  3. 03

    Haydovchilar ilovasi va Telegram botlarni tizimga uladik

Modulli ERP qurdik: ishlab chiqarish, laboratoriya, savdo, logistika, ta'minot va moliya. Yadrosida PostingRules dvijoki — har bir operativ hodisa balanslangan buxgalteriya yozuvini avtomatik hosil qiladi. Atrofida haydovchilar uchun Flutter ilova va 4 ta Telegram bot: sodiqlik, HR-rekruting va rahbariyat uchun AI-tahliliy digest ishlaydi.

Texnologiyalar

DjangoPostgreSQLNext.jsFlutterTelegramOpenAI

Natija

Har bir operatsiya o'zgartirib bo'lmaydigan ikki yozuvli hisob bilan qayd etiladi

Ishlab chiqarishdan moliyagacha 10+ modul bitta tizimda

Soxtalashtirib bo'lmaydigan ikki yozuvli buxgalteriya dvijoki

4 ta Telegram bot va haydovchi ilovasi ERP bilan jonli ishlaydi

“Ilgari zavodda nima bo'layotganini kechki hisobotlardan bilardim. Endi har bir mashina, har bir to'lov tizimda — va hech kim raqamni «to'g'irlab» qo'ya olmaydi. Bu men uchun eng qimmati.”
Jahongir Tursunov — Beton zavodi rahbari

Sizda ham shunday muammo bormi?

Bepul suhbatda vaziyatingizni ko'rib chiqamiz va yozma, qat'iy narxli yechim taklif qilamiz.

Muammoni aytib bering