Muammo
AI yangiliklari o'zbek tilida deyarli yo'q.
- Yangiliklar deyarli faqat ingliz tilida
- Har kuni soatlab tarjima va dizayn
- Manba topish va joylash — qo'lda

Muammo
AI Choyxona — AI yangiliklari media-dvijoki
AI sohasidagi yangiliklar deyarli faqat ingliz tilida chiqadi. O'zbek tilida sifatli kanal yuritish esa har kuni soatlab qo'l mehnati talab qiladi: manba topish, tarjima, dizayn, joylash.
Oldin
Keyin
- Manbalarni qo'lda qidirishRSS avtomatik yig'iladi
- Har bir postni tarjima qilishAI o'zbekcha post yozadi
- Dizayn va joylash — qo'ldaBrendlangan kartochka bilan nashr
Yechim
Biz buni qanday soddalashtirdik
- 01
Tizim yangiliklarni manbalardan o'zi yig'adi
- 02
AI o'zbekcha post yozib, telefoningizga yuboradi
- 03
Bir bosishda tasdiqlaysiz — Telegram va Instagram'ga chiqadi
Django + Celery'da konveyer qurdik: feedparser RSS manbalarni yig'adi, LLM (OpenAI yoki Claude — almashinadigan provayder) o'zbekcha lotin postini yozadi, qoralama egasining telefoniga ✅/❌ tasdiq uchun boradi. Tasdiqlangani brendlangan kartochka bilan Telegram kanaliga, manba havolasi izohga, kunlik «CHOYXONA DAYJEST» banneri va Instagram'ga chiqadi. Rasmlar Cloudflare R2'da, hammasi Docker'da serverda ishlaydi.
Texnologiyalar
Natija
Kuniga 8 ta post: AI yozadi, inson bir tugma bilan tasdiqlaydi
RSS'dan tayyor o'zbekcha postgacha to'liq konveyer
Telegram + Instagram'ga brendlangan kartochkalar bilan nashr
1000+ maqola qayta ishlangan — hech narsa tasdiqsiz chiqmaydi
“AI yangiliklarini o'zbek tilida, saralangan holda o'qish — katta qulaylik. Har kuni 5-6 ta post, ortiqcha shovqinsiz. Kartochkalari ham darrov tanilib turadi.”
Sizda ham shunday muammo bormi?
Bepul suhbatda vaziyatingizni ko'rib chiqamiz va yozma, qat'iy narxli yechim taklif qilamiz.

